» » Surxondaryoda 104 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi (foto)

Surxondaryoda 104 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi (foto)


23-dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Sardor” to‘yxonasida 104 nafar bolajonlarning sunnat to‘yi o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bolajonlarning ota-onalari, yaqinlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, faxriylar ishtirok etgan to‘yda Prezident rahnamoligida yoshlarning baxtiyor va farovon yashashi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga, hayotda munosib o‘rin topishiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tumandagi “O‘zagrolider” mas’uliyati cheklangan jamiyati homiyligida tashkil etilgan tadbir munosabati bilan sunnat qilinadigan bolalarga kiyim-kechak, to‘ybola sarpolari va bir boshdan qo‘y hadya qilindi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov hamda tumandagi folklor-etnografik xalq ansambli ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют