» » Qoraqalpog‘istonda IELTS sertifikatlari beriladigan markaz ish boshlaydi

Qoraqalpog‘istonda IELTS sertifikatlari beriladigan markaz ish boshlaydi


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kelgusi yil boshidan IELTS sertifikatlari beriladigan markaz ish boshlaydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu Nukus davlat pedagogika instituti hamda GRBS Xalqaro o‘quv va imtihon markazi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida amalga oshiriladi.

GRBS Xalqaro o‘quv va imtihon markazi bosh direktori Bahrom Gurbanovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon samarali xizmat ko‘rsatib kelayotgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi hamda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasining tashabbusiga muvofiq markaz rahbarlari va mutaxassislari Qoraqalpog‘istondagi ta’lim muassasalari bilan birgalikda chet tillari, defektologiyaga va boshqa ixtisosliklar uchun muhim bo‘lgan ta’lim dasturlarini amalga oshirishni maqsad qilgan.

GRBS Xalqaro o‘quv va imtihon markazi 2005-yildan buyon Ozarbayjonning ma’naviyat-axborot markazi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan tashkilot bo‘lib, O‘zbekistonda joriy yil oktyabr oyida ish boshlagan. Markaz O‘zbekistonning ta’lim tizimining sifatini orttirishga, yoshlarning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish hamda mamlakatdagi kadrlarning professional tayyorgarligini va ko‘nikmalarini orttirish maqsadida ish olib bormoqda.

Mazkur xalqaro ta’lim markazi dunyoda yetakchi bo‘lgan bir qator tashkilotlarning xalqaro kvalifikatsiyasini tasdiqlaydigan hujjatlarga ega bo‘lishni xohlaydiganlar uchun test sinovlarini o‘tkazish va ularni xalqaro huquq talablariga mos belgilangan tartibda hujjatlashtirish huquqiga ega.

Mazkur markaz tomonidan, shuningdek, Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyi bazasida 4—16 yoshdagi bolalar uchun ingliz tilida o‘qitiladigan “IT School” ochish ham rejalashtirilmoqda. Unda Foundation dasturi asosida ximiya, biologiya, fizika yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy davlatlarda ta’lim olish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni maqsad qilganlar tahsil olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют