» » Tailandda qirol Rama IX dekabr oxirida krematsiya qilinadi

Tailandda qirol Rama IX dekabr oxirida krematsiya qilinadi


Tailand qiroli Pumipon Adulyadet (Rama IX) bilan besh kunlik vidolashuv marosimini dekabr oxirida o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “TASS” Bangkok Post gazetasiga tayanib.

Dastlabki muddat marosimga tayyorgarlik ishlarini nazorat qiluvchi malika Sirindxonning maxsus hukumat komissiyasi bilan uchrashuvida ma’lum qilindi. Marhum qirolning qizi vidolashuv 25-dekabrdan 29-dekabrgacha bo‘lib o‘tishi belgilanganligini aytdi. Besh kunlik marosimning har bir kunida Tailand an’analariga muvofiq, alohida taomillar o‘tkaziladi.

Balandligi 50 metrdan oshiq ulkan dafn majmuasi Bangkok markazidagi Sanam Luang maydonida qad ko‘tara boshladi. Dafn gulxani yonida marosimning VIP-ishtirokchilari, shu jumladan, qirollik oilasi a’zolari uchun 2,8 ming kishilik pavilyon quriladi.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 155) ( 0) ( 153) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют