» » Turkiya IShIDni tor-mor qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Turkiya IShIDni tor-mor qilishga tayyorligini ma’lum qildi


Turkiya Suriyadagi terrorchilik tashkilot IShIDni yakka o‘zi yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining aytishicha, Anqara bu borada boshqa mamlakatlar, Eron va Rossiya, shuningdek koalitsiya bo‘yicha hamkorlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Ayni paytda Suriya bilan hamkorlik haqida gap ketmayapti, qayd etdi vazir.

Chavusho‘g‘lining aytishicha, Turkiya va Qo‘shma Shtatlar AQSh qo‘shinlari Suriyadan chiqib ketmasdan oldin Suriya mojarosi bo‘yicha yo‘l xaritasini oxiriga yetkazish bo‘yicha kelishib olgan.

Avvalroq, 25-dekabr kuni Turkiya rahbari amerikalik hamkasbi Donald Trampni Anqaraga taklif qilgan. O‘shanda davlat rahbarlari telefon orqali so‘zlashuvlar o‘tkazgan. AQSh askarlari delegatsiyasi shu haftada Turkiyaga tashrif buyurishi hamda hamkasblari bilan qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on noyabr oyida Suriyadagi Manbij shahrida Turkiya va AQSh harbiylari qo‘shma patrul boshlaganini bildirdi. Bundan oldin, Erdo‘g‘on oktabr oyida Suriyada terrorchilarni yo‘q qilishga va’da qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют