» » Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi hududida yong‘in ro‘y berdi

Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi hududida yong‘in ro‘y berdi


Bugun, 26-dekabr, soat 10.35 atrofida Toshkentdagi Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyi yaqinida barpo etilayotgan avtoturargoh hududidagi ombor uchun ajratilgan binoda yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yerda qurilish materiallari alanga olgani bildirilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi o‘t o‘chiruvchilarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 11.21 da bartaraf etildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi.

Alangalanishga payvandlash ishlari davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Yetkazilgan zarar summasi aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют