» » Marg‘ilondagi marafonda shahar hokimi ham qatnashdi

Marg‘ilondagi marafonda shahar hokimi ham qatnashdi


Marg‘ilon shahrida Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida 3 kilometr masofaga yugurish aksiyasi o‘tkazildi. Unda Marg‘ilon shahri hokimi Mirzohid Ubaydullayev ham yugurdi, deb yozadi O‘zA.

Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, Marg‘ilon shahri aholisi, korxona va tashkilotlar ishchilari, mahalla nuroniylari, xotin-qizlar, o‘quvchi-yoshlardan iborat jami mingga yaqin fuqaro qatnashdi.

Marafonning barcha g‘olib va sovrindorlari Mudofaa vazirligi va shahar hokimligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Farg‘ona garnizoni harbiy orkestri jamoasi Marg‘ilon va Andijon shaharlaridagi istirohat bog‘lari, markaziy ko‘chalarda aholi uchun konsert dasturini uyushtirdi. Milliy hamda estrada yo‘nalishidagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют