» » A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqada gol urib, “Napoli”ni taslim qildi (video)

A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqada gol urib, “Napoli”ni taslim qildi (video)


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turining so‘nggi o‘yinida “Inter” o‘z uyida “Napoli” klubini qabul qildi.

O‘yinning 81-daqiqasida “Napoli” a’zosi Kalidu Kulibali qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida (90) “Inter” tarkibida Joau Mariu o‘rniga maydonga tushgan Lautaro Martines raqib darvozasiga gol urib, jamoasi uchun muhim g‘alabani keltirdi. Shundan so‘ng “Napoli”ning yana bir o‘yinchisi Lorenso Insinye ham maydondan chetlatildi. “Inter” o‘yinni uch ochko bilan “Napoli” esa mag‘lubiyat hamda ikki o‘yinchisiz yakunladi.

A Seriya

18-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

Gol: 1:0 – 90 Martines.

“Inter”: Handanovich, D’Ambrozio, Stefan de Vrey, Skrinyar, Asamoa, Valero (Vechino, 64), Brozovich, Mariu (Martines, 83), Politano, Ikardi, Perishich (Balde, 74).

“Napoli”: Meret, Kalyehon, Albiol, Kulibali, Ruy (Gulam, 78), Loureyro Allan, Fabian, Hamshik (Maksimovich, 24), Zelinski, Milik (Mertens, 70), Insinye.

Ogohlantirishlar: Brozovich (29), Valero (52), Loureyro Allan (56), Albiol (67), Kulibali (80),  Martines (90),

Chetlatishlar: Kulibali  (81), Insinye (90).

A Seriya doirasidagi 18-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют