» »  “Atletiko M” o‘z uyida “Inter”ga mag‘lub bo‘ldi, “Tottenhem” esa Xalqaro chempionlar kubogi g‘olibiga aylandi

 “Atletiko M” o‘z uyida “Inter”ga mag‘lub bo‘ldi, “Tottenhem” esa Xalqaro chempionlar kubogi g‘olibiga aylandi


Kecha, 11-avgust sanasida Xalqaro chempionlar kubogi doirasida so‘nggi bellashuv o‘tkazildi. Unda Madridning “Atletiko” hamda Milanning “Inter” jamoalari kurash olib bordi.

“Vanda Metropolitano” stadionida kechgan bahsda “Inter”ning qo‘li baland keldi.  Uchrashuvdagi yagona gol 31-daqiqada Lautaro Martines tomonidan kiritildi.

Shu tariqa mazkur musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi. 2014-yildan boshlab o‘tkazib kelinadigan bu yilgi musobaqada Londonning “Tottenhem” jamoasi g‘olib chiqdi. “Shporlar” 3 ta o‘yin natijasiga ko‘ra “Borussiya D” va “Inter” bilan bir xil — 7 ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbatiga ko‘ra ikki klubni ham ortda qoldirdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Xalqaro chempionlar kubogi

11-avgust, shanba

“Atletiko M”—“Inter” 0:1

Gol: 0:1 – 31 Martines.

“Atletiko”: Oblak, Xuanfran (Aryas, 61), Filipe Luis (Lyuka Ernandes, 61), Godin (Montero, 61), Ximenes (Savich, 46), Lemar (Jelson Martinsh, 61), Saul (Olabe, 61), Parti (Rodri Ernandes, 46), Koke (Vitolo, 61), Korrea (Grizmann, 61), Diyego Kosta (Kalinich, 61).

“Inter”: Xandanovich, Miranda (Galyardini, 60), D’Ambrozio (Ranokkiya, 81), Dalbert, Asamoa (de Vrey, 60), Vesino (Kandreva, 81), Brozovich (Valero, 60), Politano (Karamo, 71), Shkrinyar, Martines (Joau Mariu, 71), Ikardi.

Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (24), Martines (62).

Musobaqa jadvali



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют