» » XChK. “Real” “Yuventus”ni taslim etdi, “Barselona” esa “Milan”ga yutqazib qo‘ydi (video)

XChK. “Real” “Yuventus”ni taslim etdi, “Barselona” esa “Milan”ga yutqazib qo‘ydi (video)


Xalqaro chempionlar kubogi doirasida yana 3 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Jumladan, Milanning “Inter” jamoasi Fransiyaning “Lion” klubini 1:0 hisobida taslim etdi. O‘yindagi yagona 52-daqiada Lautaro Martines tomonidan kiritildi.

Madridning “Real” jamoasi esa Turinning “Yuventus”i bilan kurash olib borib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda hisob 12-daqiqa turinliklar tomonidan ochildi. Daniyel Karvaxal Joau Kanseluning uzatmasini Keylor Navas darvozasiga yo‘llab, avtogol sohibiga aylandi. 39-daqiqada esa Garet Beyl uzoq masofadan chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 47 va 56-daqiqalarida o‘yinga zaxiradan qo‘shilgan Marke Asensio dublga erishib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

“Milan” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda esa omad milanliklarga kulib boqdi. O‘yindagi yagona gol 90-daqiqada Andre Silva tomonidan kiritildi.

Xalqaro chempionlar kubogi

4-avgust, shanba

Gol: 1:0 – 52 Martines.

“Inter”: Handanovich, Shkrinyar, D’Ambrozio (Rorich, 81), de Vrey (Ranokkiya, 58), Dalbert, Galyardini (Vesino, 58), Asamoa (Emmers, 70), Politano (Dzappa, 81), Ikardi, Karamo (Joau Mariu, 59), Martines (Salsedo Mora, 70).

“Lion”: Gorjlen, Dyubua (Tete, 83), Rafael (Mendi, 83), Sole, Diop (Tuzar, 83), Martinsh Pereyra, Ferri (Kakre, 83), Ndombele (Auar, 74), Tere (Depay, 73), Dias (Guiri, 61), Maolida (Traore, 74).

Ogohlantirishlar: Diop (39), Martinsh Pereyra (43), Ferri (55), Martines (63), Ranokkiya (72).

5-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 12, avtogol Karvaxal, 1:1 – 39 Beyl, 2:1 – 47 Asensio, 3:1 – 56 Asensio.

“Real Madrid”: Navas (Lunin, 64), Nacho (Edegor, 77), Regilon, Karvaxal (Odriosola, 46), Xavyer Sanches (Leon, 78), Isko (Asensio, 46), Valverde, Sebalos (Mayoral, 64), Kroos (Lyorente, 46), Beyl (Vaskes, 46), Benzema (Vinisius Junior, 46).

“Yuventus”: Shchensni (Perin, 63), Kyellini (Bardzali, 72), Benatiya (Rugani, 63), De Shilyo, Aleks Sandro, Markizio, Pyanich (Fernandes, 71), Bernardeski, Xedira (Fadjoli, 46), Joau Kanselu, Favilli (Mateus Pereyra, 63).

Ogohlantirishlar: Benatiya (6), Aleks Sandro (33), Regilon (81).

Gol: 1:0 – 90 Andre Silva.

“Milan”: Donnarumma, Romanyoli, Rodriges (Antonelli, 61), Kalabriya (Abate, 61), Musakko (Sapata, 79), Lokatelli (Mauri, 61), Chalxanoglu, Borini (Xalilovich, 62), Kessie, Suso (Bonaventura, 79), Kutrone (Andre Silva, 61).

“Barselona”: Sillessen (ter Stegen, 46), Langle, Marlon (Mingesa, 77), Miranda, Serji Roberto, Artur, Rafinya (Abel Ruis, 77), Malkom, Nelson Semedu, Munir, Pako Alkaser (Puch, 46).

Ogohlantirishlar: Langle (49), Chalxanoglu (57), Kessie (66), Mauri (72).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют