» » “El-Klasiko”da zafar quchgan “Barselona” turnirda 100 foizlik natija qayd etdi

“El-Klasiko”da zafar quchgan “Barselona” turnirda 100 foizlik natija qayd etdi


Chempionlar xalqaro kubogi AQSh turnesi doirasida Ispaniyaning ikki grandi — “Real” hamda “Barselona”ni o‘zaro to‘qnashtirdi.

Bellashuv kataloniyalik futbolchilarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Ular 10-daqiqaga qadar 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa, madridliklar 1-bo‘limning o‘zidayoq muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. 2-taymga kelib esa “realchilar”ning eng “suygan” futbolchi Pike yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Barselona” Chempionlar xalqaro kubogida 100 foizlik natija qayd etdi. Bunga qadar klub “Manchester Yunayted”ni 1:0, “Yuventus”ni 2:1 hisobida taslim qilgandi. “Real” esa Manchester shahrining ikki klubidan ham yengildi — “Yunayted” 0:2, “Siti” 1:4.

Dastlabki ikki bellashuvdagi “Barselona”ning jami 3 ta goliga mualliflik qilgan Neymar, “Real”ga qarshi o‘yinda muvaffaqiyat qozonmadi. Shunga qaramay, Rakitich hamda Pikening gollariga assistentlik qildi.

Chempionlar xalqaro kubogi
Mayami, AQSh
30-iyul, yakshanba

Gollar: Lionel Messi, 3 (1:0). Ivan Rakitich, 7 (2:0). Mateo Kovachich, 14 (2:1). Marko Asensio, 36 (2:2). Herard Pike, 50 (3:2).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-07-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют