» » Fantastika! “Barselona” 4 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi

Fantastika! “Barselona” 4 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi


Parijdagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatiga qaramay, Kataloniyaning “Barselona” klubi Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.

“Kamp Nou” stadionida kechgan javob bellashuvi 6:1 hisobi bilan o‘z yakuniga yetdi. Birinchi bo‘limni 2 ta gol farqi bilan yakunlay olgan Ispaniyaning amaldagi chempioni 62-daqiqada o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi va vaziyatni yanada qiyinlashtirdi.

Uchrashuv asosiy vaqti yakuniga 3 daqiqa qolganida esa haqiqiy tomosha boshlandi va “Barselona” yana 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda Neymar dubl qayd etgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Serxi Roberto so‘nggi soniyalarda jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqqan golga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi tarixida 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin kambek qilgan jamoa yo‘q edi. “Barselona” bu borada birinchi bo‘ldi va tarixiy natijaga qo‘l urdi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
8-mart, chorshanba

Gollar: Luis Suares, 3 (1:0). Leyvin Kyurzava, 40-avt (2:0). Lionel Messi, 50-pen (3:0). Edinson Kavani, 62 (3:1). Neymar, 88 (4:1). Neymar, 90+1-pen (5:1). Serxi Roberto, 90+5 (6:1).
Dastlabki uchrashuv: 0:4

Опубликовано: admin (9-03-2017, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют