» » ?YeChL. “Bavariya” “Sevilya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi (video)

?YeChL. “Bavariya” “Sevilya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi (video)


3-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining ? final uchrashuvlaridan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Mavzuga doir: YeChL. “Real” safarda “Yuventus”ni tor-mor etdi, Ronaldudan daxshatli gol (video)

Andalusiyaning “Sevilya” jamoasi o‘z maydonida Myunxen “Bavariya”sini qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan 31-daqiqada ochildi. Gol muallifi Pablo Sarabiya. Myunxenliklar oradan hech qancha vaqt o‘tmay, 37-daqiqada Xesus Navas o‘z darvozasini ishg‘ol qilganligi sabab hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin taqdirini hal etgan gol uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Tiago Alkantara tomonidan kiritildi. Shu tariqa Yupp Xaynkes shogirdlari safardan irodali g‘alaba bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Chorak final bahslari

3-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 —  31 Pablo Sarabiya. 1:1 — 37 avtogol, Xesus Navas. 1:2 — 68 Tiago Alkantara.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют