» » Chempionlar ligasi. “Bavariya” “Beshiktosh”ni safarda ham mag‘lub etdi. Umumiy hisob 8:1 nemislar foydasiga

Chempionlar ligasi. “Bavariya” “Beshiktosh”ni safarda ham mag‘lub etdi. Umumiy hisob 8:1 nemislar foydasiga


Hozirgina “Beshiktosh” o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qilgan o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Bavariya” “Beshiktosh”ni safarda ham mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Dastlabki uchrashuvda Yupp Xaynkes shogirdlari turklar jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 8:1 ko‘rinishini oldi. Albatta, nemislar foydasiga!

Chorak finalga yetib kelgan jamoalar soni 7 taga yetdi: “Real”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus”, “Roma”, “Sevilya” hamda “Bavariya”.  1 ta jamoa nomi bugun aniqlanadi.

1/8 finalning so‘nggi uchrashuvi 00:45 da “Barselona” va “Chelsi o‘rtasida o‘tkaziladi.

Chempionlar Ligasi

1/8 final javob uchrashuvi

14-mart, chorshanba

“Beshiktosh” — “Bavariya” 1:3

Gollar: 0:1 – 18 Tyago Alkantara, 0:2 – 46, avtogol Genyul, 1:2 – 59 Vagner Lav, 1:3 – 84 Sandro Vagner.

Ogohlantirishlar: Mats Xummels (37), Jerom Boateng (42), Rafinya (63), Xatchinson (64), Ozyakup (71).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют