» » Guruh bosqichida “Chelsi” hamda “Atletiko”dan ustun bo‘la olgan Rimning “Roma” klubi Chempionlar Ligasi chorak finalida

Guruh bosqichida “Chelsi” hamda “Atletiko”dan ustun bo‘la olgan Rimning “Roma” klubi Chempionlar Ligasi chorak finalida


Rimning “Roma” futbol klubi Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi.

1/8 finalda “Shaxtyor” bilan to‘qnash kelgan rimlik futbolchilar safardagi uchrashuvni 1:2 hisobida boy bergandi. Tomonlarning “Olimpiko”da kechgan javob o‘yinida Edin Jekoning yagona goli masalani hal etdi. Uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasini bir kishi kam o‘tkazgan Ukraina jamoasi vaziyatdan chiqib keta olmadi. “Roma” esa safarda urilgan gol qoidasi bo‘yicha navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

“Roma” musobaqaning guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlab, Londonning “Chelsi” hamda Madridning “Atletiko” klublaridan ustunroq futbol namoyish qila olgandi.

Shu tariqa chorak finalga yetib kelgan jamoalar soni 6 taga yetdi: “Real”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus”, “Roma” hamda “Sevilya”. Yana 2 ta jamoa nomi bugun — 14-mart tunida aniq bo‘ladi.

Chempionlar Ligasi

1/8 final o‘yini

13-mart, seshanba

Gol: Edin Jeko, 52 (1:0).

Chetlatish: Ivan Ordes, 79 (Sh).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют