» » Superkompyuter “Real”ni “PSJ”, “Barselona”ni “Chelsi” to‘sig‘idan o‘ta oladi, deb hisobladi

Superkompyuter “Real”ni “PSJ”, “Barselona”ni “Chelsi” to‘sig‘idan o‘ta oladi, deb hisobladi


Britaniyaning Talksport nashri superkompyuter yordamida Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oluvchi jamoalarni aniqlashga harakat qilib ko‘rdi.

Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yakuniga yetgach, 11-dekabr kuni 1/8 final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. Superkompyuter juftliklarda kim ustunlik qilishini taxminladi.

Uning fikriga ko‘ra, Londonning “Tottenhem” klubi amaldagi finalchi “Yuventus” dovonidan o‘ta oladi. Bunda safarda urilgan gol “shporlar”ga omad keltiradi.

“Manchester Siti” Shveysariya klubi dovonidan osonlik bilan o‘tishi mumkinligini superkompyuter ham tushunib turgandek.

Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” futbolchilari “Portu”ni har ikki o‘yinda ham yengishi mumkin.

“Yunayted” esa Andalusiyadan zafar quchib qaytadi, o‘z maydonida “Sevilya”ni yenga olmaydi, deb hisoblamoqda superkomyuter.

Musobaqaning eng jiddiy qarama-qarshiligida “PSJ” Madridning “Real” klubi dovonidan o‘ta olmasligi kerak. “Santyago Bernabeu”da zafar quchadigan “qirollik klubi”, safarda durang o‘ynasa kerak, deyilmoqda.

“Shaxtyor” Italiya A seriyasida yomon o‘ynamayotgan, guruh bosqichida “Chelsi” va “Atletiko”ni qoldirib ketgan “Roma”dan har ikki o‘yinda ham ustun bo‘lish qudratiga egamikin?

“Chelsi” penaltilar seriyasida “Barselona”dan yengilishi taxmin qilingan. “Bavariya” esa Turkiya chempionini bir marta yirik hisobda taslim qilishi mumkin.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют