» » “Inter”da pochin mag‘lubiyat: kuchli beshlikda “Barselona”, “Atletiko” va “Siti”dan boshqa hamma mag‘lub bo‘ldi

“Inter”da pochin mag‘lubiyat: kuchli beshlikda “Barselona”, “Atletiko” va “Siti”dan boshqa hamma mag‘lub bo‘ldi


Italiya A seriyasining 17-turiga kelib Milanning “Inter” klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. O‘z uyida o‘rtamiyona jamoalardan biri hisoblangan “Udineze”ni qabul qilgan Spaletti shogirdlari 1:3 hisobida yengildi.

Shu tariqa kuchli beshlik tasnifida mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan jamoalar soni yana 1 taga kamaydi. Ular endilikda 3 tani tashkil qiladi: “Siti”, “Barselona” va “Atletiko”. Avvalroq bu ro‘yxatdan “PSJ” hamda “Valensiya” futbolchilari chiqib ketgandi.

Shu tariqa “Inter” raqibi “Napoli”ni oldinga o‘tkazib yubordi. Neapollik futbolchilar Turindan 3 ochko olib qaytishning uddasidan chiqa olgandi. O‘z ixtiyoridagi 1 tadan o‘yinda zafar qucha olsa, “Roma” va “Yuventus” ham “Inter”dan o‘zib keta oladi.

Italiya A seriyasi

17-tur o‘yinlari

16-dekabr, shanba

Gollar: Kevin Lasanya, 14 (0:1). Mauro Ikardi, 16 (1:1). Rodrigo De Paul, 61-pen (1:2). Antonin Barak, 77 (1:3).

Gollar: Kalidu Kulibali, 4 (0:1). Pyotr Zelinski, 25 (0:2). Marek Hamshik, 30 (0:3). Andrea Belotti, 64 (1:3).

Gol: Federiko Fasio, 94+ (1:0).

Noaniq penalti: Diyego Perotti, 53 (R).

17-dekabr, yakshanba

“Verona” — “Milan” 16:30

“Sampdoriya” — “Sassuolo” 19:00

“Fiorentina” — “Jenoa” 19:00

“Bolonya” — “Yuventus” 19:00

“Atalanta” — “Latsio” 00:45

Опубликовано: admin (17-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют