» » Milan derbisida zafar quchgan “Inter” “Yuventus”dan o‘zib ketdi. Hammasiga Mauro Ikardi sababchi

Milan derbisida zafar quchgan “Inter” “Yuventus”dan o‘zib ketdi. Hammasiga Mauro Ikardi sababchi


Italiya A seriyasining 8-turida barcha yetakchi klublar o‘z uchrashuvlarini o‘tkazib bo‘ldi.

Yakshanba oqshomining markaziy o‘yini Milan derbisi bo‘lib, unda nominal mezbon hisoblangan “Inter” 3:2 hisobida zafar quchdi. Luchano Spaletti shogirdlari tomonidan urilgan har uchala golga ham argentinalik Mauro Ikardi mualliflik qildi.

Shu tariqa “Inter” turnir jadvalida “Napoli”dan keyin ikkinchi bo‘lib oldi. Boisi mazkur turda “Yuventus” imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Montella boshchilik qilayotgan “Milan” esa 8 ta turning teng yarmida mag‘lub bo‘lib ulgurdi. Shu tariqa milanliklar turnir jadvalining ekvatoriga kelib joylashdi. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, “Milan”ni Karlo Anchelotti qabul qilib olsa ham ajab emas.

Italiya A seriyasi
8-tur bellashuvlari
15-oktabr, yakshanba

Gollar: Siril Tero, 28 (1:0). Siril Tero, 57 (2:0). Samir, 72 (2:1).

Gollar: Brayan Kristante, 21 (0:1). Duvan Sapata, 56 (1:1). Janluka Kaprari, 59 (2:1). Karol Linetti, 68 (3:1).

Gollar: Markus Roden, 25 (1:0). Yago, 54 (1:1). Bruno Martella, 64 (2:1). Lorentso De Silvestri, 92+ (2:2).

Gollar: Mauro Ikardi, 28 (1:0). Suso, 56 (1:1). Mauro Ikardi, 63 (2:1). Samir Xandanovich, 81-avt (2:2). Mauro Ikardi, 90-pen (3:2).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют