» » “No Love”. “Lion”da javlon urayotgan Memfis Depay qo‘shiq kuyladi

“No Love”. “Lion”da javlon urayotgan Memfis Depay qo‘shiq kuyladi


Niderlandiya terma jamoasi va “Lion” hujumchisi Memfis Depay “No Love” nomli qo‘shiq kuyladi. U rep yo‘nalishida kuylangan bo‘lib, Depay qo‘shiqqa hattoki videoklip ham suratga oldirdi. Bu haqda “Chempionat.com” xabar berdi.

Memfis Depay klipni YouTube’dagi kanaliga joylashtirgan.

Memfis 2017-yilning yanvarida “Manchester Yunayted”dan “Lion” tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Ushbu mavsumda 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi Fransiya chempionati doirasidagi bahslarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Chempionlar Ligasida esa yarim himoyachi 6 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 1 ta to‘p kiritib, 4 ta golli uzatma berdi.

“Lion” Fransiya chempionatida 32 ochko to‘plagan holda, musobaqa reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi.

“Lion” chempionatning 20-turida “Reyms” klubi bilan bellashadi. Uchrashuv 2019-yil 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют