» » 10-martdan muomalaga chiqariladigan 10 ming so‘mlik, Prezidentdan sovg‘aga kvartira olgan buxorolik onaxon, Toshkentdagi Islom Karimov ko‘chasi va kunning boshqa muhim xabarlari

10-martdan muomalaga chiqariladigan 10 ming so‘mlik, Prezidentdan sovg‘aga kvartira olgan buxorolik onaxon, Toshkentdagi Islom Karimov ko‘chasi va kunning boshqa muhim xabarlari


3-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. 10 ming so‘mlik banknotlar 10-martdan muomalaga chiqariladi. Banknotning markazida Oliy Majlis Senati me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekistonning rangli bayrog‘i tasvirlangan.

2. Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi O‘zbekiston ko‘chasiga uning nomi berildi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaror qabul qilgan.

3. Chilonzorda va Oloy bozori yaqinida yuz bergan yong‘inlar sabablari ma’lum qilindi. Biriga qisqa tutashuv, ikkinchisiga nazoratsiz qoldirilgan ofis texnikasi sabab bo‘lgan.

4. Prezident Shavkat Mirziyoyev buxorolik urush faxriysiga yangi xonadon sovg‘a qildi. Xabarga urush faxriysi bo‘lgan onaxonning yangi uyga tashrifi aks etgan video ilova qilingan.

5. Ozodbek Nazarbekov Shahzodalardan ortda qolmaslikka qaror qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning noodatiy tarzda tushgan surati paydo bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют