WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkent viloyati IIB xodimlari Mehribonlik uylarida bolalarga sovg‘a ulashdi
Toshkent viloyati IIB xodimlari Mehribonlik uylarida bolalarga sovg‘a ulashdi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati IIB xodimlari Bo‘ka tumanidagi 15-sonli va Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uylarida bo‘ldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Boshqarma rahbariyati hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bolajonlarga atab olib kelingan sovg‘a-salomlar o‘z egalariga topshirildi.
Shuningdek, bayram tuhfalarini mamnuniyat bilan qabul qilgan bolalar ishtirokida tayyorlangan ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga manzur bo‘ldi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?
КТО НА САЙТЕ?
(
6)
(
0)
(
5)
(
1)





- отсутствуют
