» » Ukraina prezidentligiga birinchi nomzod hujjatlarini Markaziy saylov komissiyasiga topshirdi

Ukraina prezidentligiga birinchi nomzod hujjatlarini Markaziy saylov komissiyasiga topshirdi


Ukraina prezidentligiga birinchi nomzod, huquqshunos Igor Shevchenko o‘z hujjatlarini Markaziy saylov komissiyasiga topshirdi. Shevchenko sobiq ekologiya va tabiiy resurslar vaziri hisoblanadi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

2019-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kampaniyasi Yangi yil bayrami arafasida boshlandi. Saylov 2019-yilning 31-martida bo‘lib o‘tadi.

Prezidentlikka nomzodlik uchun hijjatlarni qabul qilish jarayoni 2019-yilning 3-fevraligacha davom etadi. Ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, prezidentlik reytingida “Batkivshina” partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko yetakchi bo‘lib qolmoqda. U prezidentlik poygasida ishtirok etishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Reytingda ikkinchi o‘rinni aktyor va komik Vladimir Zelenskiy egallab turibdi.

Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko hozircha ikkinchi muddat uchun kurashish istagini rasman e’lon qilgani yo‘q. Ukrainaning 10 ta sharqiy viloyatida harbiy holatning joriy qilinishi hisobiga Poroshenkoning reytingi biroz ko‘tarilgan, biroq uning ovoz berishning ikkinchi turiga chiqishi savol ostida turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют