» » Moskva meri Gorkiy bog‘i direktorini lavozimidan bo‘shatdi

Moskva meri Gorkiy bog‘i direktorini lavozimidan bo‘shatdi


Moskva meri Sergey Sobyanin Gorkiy nomidagi Madaniyat va dam olish markaziy bog‘i rahbarini ishdan bo‘shatishni buyurdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Bu Yangi yil kechasi yog‘och piyoda o‘tish joyining qulashi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng yuz berdi. Hodisa oqibatida o‘n kishi jabrlangan.

“Madaniyat departamentiga bog‘ direktorini bo‘shatishni yukladim. Aytishim kerakki, bu qaror men uchun oson qaror bo‘lmadi”, — deb yozadi Sobyanin.

Bog‘ direktori lavozimini 2016-yilning oktabridan buyon Marina Lyulchuk egallab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya madhiyasi yangrayotgan vaqtda ustida odamlar to‘la bo‘lgan ko‘prik qulashi aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqqa joylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют