» » Moskvadagi Gorkiy bog‘ida ustida odamlar bo‘lgan ko‘prik qulab tushdi

Moskvadagi Gorkiy bog‘ida ustida odamlar bo‘lgan ko‘prik qulab tushdi


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 2019-yilning 1-yanvariga o‘tar kechasi Gorkiy bog‘ida yog‘och piyoda o‘tish joyining qulashi aks etgan videoni joyladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

r

Kadrlarda Rossiya madhiyasi yangrayotgan vaqtda ustida odamlar to‘la bo‘lgan ko‘prik qulashi aks etgan. Moskva shahar hokimligi tomonidan “Hodisa Gorkiy bog‘ida inshootning texnik jihatdan nosozligi va yaxlitligi buzilganligi sabab qulaganligi” ma’lum qilindi.

Moskva Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 13 kishi jabrlangan, ammo hech kim jiddiy jarohat olmagan. Barcha jabrlanganlarning holati qoniqarli. Ko‘prik qulashi oqibatida insonlar hayotiga hech qanday tahdid bo‘lmagan.

Moskva shahar meri Sergey Sobyanin hodisa sabablarini tekshirishga va’da berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют