» » Sindzo Abe Yaponiya hukumatining Kuril orollari borasidagi qarashlari haqida ma’lum qildi

Sindzo Abe Yaponiya hukumatining Kuril orollari borasidagi qarashlari haqida ma’lum qildi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Asahi telekanaliga bergan intervyusida ayrim Kuril orollarini Yaponiyaga o‘tkazish to‘g‘risida hukumatning qarashlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi.

Abening so‘zlariga ko‘ra, yaponiyaliklar orolda yashaydigan Rossiya fuqarolarini quvmoqchi emas. Bundan tashqari, Yaponiya hukumati mahalliy fuqarolarning o‘z davlatiga qarashligini o‘zgartirishga to‘liq roziligini olishi kerak.

“Hozir orolda rossiyaliklar yashaydi. Afsuski, bu yerning sobiq aholisi — yaponiyaliklar endi u yerda yashay olmaydi”, — deydi Abe.

Yaponiya Bosh vaziri, Rossiya va Yaponiyaning orollardagi umumiy iqtisodiy faoliyati ushbu hududlarning kelajagini aniqlab berishi mumkinligini aytdi.

Singapurdagi sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe mamlakatlar o‘rtasida tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют