» » Britaniya matbuoti Putinning Yangi yildagi murojaatini “qo‘rs” deya baholadi

Britaniya matbuoti Putinning Yangi yildagi murojaatini “qo‘rs” deya baholadi


Britaniyaning Daily Star tabloidi “Putin yangi yildagi millionlab rossiyaliklarga yo‘llagan qo‘rs murojaatida G‘arbni rad etmoqda” sarlavhasi ostida maqola e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda, deb yozadi Sputnik.

Rossiya yetakchisi o‘z tabrik murojaatida ma’naviy saxiylik, mehr va yaqinlarga yordam berishning ahamiyati haqida gapirgan edi.

“Rossiyaning yordamchilari hech qachon bo‘lmagan va bundan keyin ham bo‘lmaydi, shu bois, rossiyaliklar iqtisod, ijtimoiy va ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolarni yechishda birdam va kuchli jamoa bo‘lish talab etiladi”, — dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining yangi yildagi murojaatida. Maqola muallifi buni “qo‘pollik” deya baholadi.

“2018-yilda Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari, ayniqsa, Solsberidagi Sergey va Yuliya Skripallarga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, o‘tkir tus olishi munosabati bilan qo‘pol da’vat jarang topdi”, — deb yozgan nashr.

Maqolada Putinning rossiyaliklarga murojaati sanksiyalar tufayli ekani, shunday bo‘lsa-da, prezident o‘z nutqida iqtisodiy cheklovlar haqida esga olmagani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют