» » Moskvada josuslikda gumonlanib qo‘lga olingan amerikalik erkak maxsus xizmatlar xodimlari ro‘yxatini izlagan

Moskvada josuslikda gumonlanib qo‘lga olingan amerikalik erkak maxsus xizmatlar xodimlari ro‘yxatini izlagan


Moskvada jususlikda gumonlanib ushlangan amerikalik Pol Uilan Rossiya fuqarosidan davlat siri hisoblangan ma’lumotlar yozilgan ma’lumot tashuvchi qurilmani olayotgan vaqtda dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda “ROSBalt” xabar berdi.

Qurilmani topshirish Uilan tomonidan band qilingan “Metropol” mehmonxonasidagi xonada amalga oshirilgan. Qurilmada oshkor qilinishi kerak bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati, shu jumladan maxsus xizmatlar xodimlarining ro‘yxati bo‘lgan. Uilan qurilmani olganidan bir necha daqiqa o‘tib, uning xonasiga Federal xavfsizlik xizmati vakillari kelgan va unga berilgan qurilmani olib qo‘ygan hamda erkakning o‘zini qo‘lga olgan.

Xabar berilishicha, Uilan qariyb 10 yil avval Rossiya fuqarolari tomonidan kiriladigan saytlarda ro‘yxatdan o‘tishni boshlagan. Rossiya maxsus xizmatlarining taxminiga ko‘ra, Uilanning tarmoqdagi tanishlaridan bir nechtasi Amerika maxsus xizmatlari tomonidan maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega kishilar sifatida tanlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют