» » Peterburgda terroristik faoliyatda ishtirok etganlikda gumonlanib, 6 kishi qo‘lga olindi

Peterburgda terroristik faoliyatda ishtirok etganlikda gumonlanib, 6 kishi qo‘lga olindi


5-aprel, chorshanba Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda “Rosgvardiya”ning maxsus bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida Markaziy Osiyo respublikalarining 6 nafar fuqarosi terroristik faoliyatda ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.

Tergov qo‘mitasining aniqlashtirishicha, hozirgi vaqtda qo‘lga olinganlarning Peterburg metropolitenida yuz bergan terakt ijrochisiga tanishligi va aloqadorligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 2015-yil noyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Sankt-Peterburg hududida Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolarni terroristik yo‘nalishdagi jinoyatlar uchun yollash hamda “Jabhat an-Nusra” va IShID terroristik guruhlariga jalb qilish bilan shug‘ullangan.

Hozirgi vaqtda qo‘lga olinganlarning qamalishi va ularga nisbatan ayblov e’lon qilinishi masalasi hal qilinmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют