» » Meksikalik qizaloqning Santa Klausga yozgan xatini amerikalik erkak topib olib, uning orzularini ro‘yobga chiqardi

Meksikalik qizaloqning Santa Klausga yozgan xatini amerikalik erkak topib olib, uning orzularini ro‘yobga chiqardi


Meksikada yashovchi Dayami ismli qizaloq Santa Kluasga xat yozib, uni havo pufagiga boylab uchirgan. AQSh chegarasidan uchib o‘tgan sharni arizonalik 60 yoshli Rendi Xeyss topib olib, qizaloqning orzularini ro‘yobga chiqardi, deb yozmoqda Reuters. Qizaloq Santa Klausdan qo‘g‘irchoq, qo‘g‘irchoqlari uchun uy va chizish uchun qalamlar so‘ragan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rendi Xeyss mahaliy radio bilan bog‘lanib, topilmasi haqida ularga xabar bergan. Radio o‘z navbatida qizaloqning oilasi bilan bog‘lanish uchun yordam bergan.

Rendi Xeyss va uning rafiqasi qizaloq so‘ragan barcha narsani sotib olib, Nogales shahriga borib, qizaloq bilan radiostansiyada uchrashgan. Er-xotin Dayamiga o‘zlarini Santaning yordamchilari deb tanishtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют