» » Sirdaryoda fermer xo‘jaligi ishchilarining dam olish vagonida chiqqan yong‘in oqibatida 1 nafar ishchi vafot etdi

Sirdaryoda fermer xo‘jaligi ishchilarining dam olish vagonida chiqqan yong‘in oqibatida 1 nafar ishchi vafot etdi


Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019-yil 5-yanvar kuni “Baxmalsoy” MFY hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan “Guliston Davsuvmaxsuspudrat” DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in natijasida vagonining yog‘och qoplamasi yonib zarar ko‘rgan hamda Guliston tumanida yashagan, yuqoridagi unitar korxonaning ishchisi bo‘lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют