» » O‘zbekistonlik qiz va ingliz lordi munosabatlari haqida tafsilotlar e’lon qilindi

O‘zbekistonlik qiz va ingliz lordi munosabatlari haqida tafsilotlar e’lon qilindi


O‘zbekistonlik 32 yoshli Guli Murodova nafaqat multimillioner va lord, balki Konservativ musulmon forumi asoschisi, baron va Buyuk Britaniya Lordlar palatasining umrbod a’zosi bo‘lgan Muhammad Iltafga turmushga chiqdi, deb yozadi “Anhor.uz”.

Keniyada tug‘ilib, Ugandada ulg‘aygan Lord Shayx nomzodi 2006-yilda o‘sha vaqtdagi Tori yetakchisi Maykl Xovard tomonidan ilgari surilganidan keyin umrbod Perga aylangan.

Multimillioner Guli bilan u talabalik davrida qo‘shimcha pul topish uchun ishlagan qahvaxonada tanishib, qalin do‘stlarga aylangan. U qizga Lordlar palatasidagi tashrif qog‘ozini berib, uni Dorchester mehmonxonasiga kechki ovqatga taklif qilgan.

Ammo perning rafiqasi Shaydo Shayx erining munosabatlaridan xabar topgach, markaziy Londondagi Viktoriya qahvaxonasida Guli Murodova bilan janjal qilgan.

Guli O‘zbekistonga qaytgan, ammo lord Shayx uning ortidan kelib, unga turmush qurish taklifini bildirgan. Ularning to‘yi 2012-yil dekabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo lord to‘yga 2 kun qolganida marosimni bekor qilgan.

Oxir-oqibat Shayx rafiqasi bilan ajrashib, Guli bilan yarashdi va 2018-yil dekabrida rasman nikohdan o‘tdi. To‘y Grosvenor House besh yulduzli mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Guli ijtimoiy tarmoqlardagi statusini “missis Guli Shayx” deya o‘zgartirdi va Muhammad Shayx bilan baxtli turmush kechirayotganini ma’lum qildi.

Er-xotin, shuningdek, Londondagi chet el elchixonalari tomonidan uyushtirilgan bir nechta rasmiy tadbirlarda qatnashib, o‘z suratlarini o‘z veb-saytlariga joyladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют