» » La Liga. “Real” o‘z maydonida yutqazdi, “Sevilya” esa “Atletiko M”ni yuta olmadi (video)

La Liga. “Real” o‘z maydonida yutqazdi, “Sevilya” esa “Atletiko M”ni yuta olmadi (video)


6-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 18-turi doirasida 3 ta bellashuv yakunlandi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri “Sevilya” maydonida kechadi. Andalusiyaliklar Madridning “Atletiko”si bilan kurashga kirishdi. 37-daqiqada Vissam Ben-Yedder mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada esa Antuan Grizmann o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. O‘yin tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

17-tur o‘yinida “Vilyarreal”ni yuta olmagan “Real Madrid” bu safar o‘z maydonida “Real Sosyedad” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob 3-daqiqada mehmonlar hujumchisi Villian Joze tomonidan ochildi. U Kurtua darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Lukas Vaskes ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni erta tark etdi. 83-daqiqada esa Ruben Pardo “Real Madrid” darvozasiga ikkinchi golni urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

La Liga

18-tur bahslari

6-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 – 37 Ben-Yedder, 1:1 – 45 Grizmann.

Gollar: 0:1 – 3, penalti Villian Joze, 0:2 – 83 Pardo.

7-yanvar, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют