» » La Liga. “Real” “Valyadolid”ni taslim qildi, “Barselona” esa Messisiz bazo‘r g‘alaba qozondi

La Liga. “Real” “Valyadolid”ni taslim qildi, “Barselona” esa Messisiz bazo‘r g‘alaba qozondi


Kecha, 3-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 11-turi boshlandi.

Turning ilk o‘yinida “Atletiko Madrid” jamoasi “Leganes” maydoniga safar qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Matraschilar” safida Antuan Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlardan Karrilyo gol urib, o‘yinda durang natijasi qayd etilishini ta’minladi.

Omadsiz davrlarni boshdan kechirayotgan “Real Madrid” esa yangi murabbiy Santyago Solari qo‘l ostida La Ligadagi ilk o‘yinda “Valyadolid”ni o‘z maydonida qabul qildi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqada Vinisius Juniorning harakatlari natijasida mehmonlar futbolchisi Kristian Albaga tekkan to‘p darvozadon joy oldi. Shu tariqa “Real” avtogol orqali hisobda oldinga chiqib oldi. 88-daqiqada Karim Benzemaga ishlatilgan qo‘pollik uchun hakam “Valyadolid” jamoasi darvozasiga penalti belgiladi. Uni Serxio Ramos aniq amalga oshirib, “Real”ning 2:0 hisobidaga g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Qayd etish joiz, “Valyadolid”ning ayni damdagi egasi “Real”ning sobiq hujumchisi Ronaldo hisoblanadi.

Durang natijalardan boshi chiqmayotgan “Valensiya” esa “Mestalya” stadionida “Jirona”ni qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi. Uchrashuvdagi yagona gol 48-daqiqada Pons tomonidan kiritildi.

Peshqadam “Barselona” esa safarda “Rayo Valyekano”ga qarshi bahs olib borib, qiyinchilik bilan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Barselona” safida Luis Suares dublga erishdi, yana bir gol Usmon Dembele nomiga yozildi.

Bugun, 4-noyabr sanasida tur doirasida beshta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

La Liga

11-tur bellashuvlari

3-noyabr, shanba

Gollar: 0:1 – 69 Grizmann, 1:1 – 82 Karrilyo.

Gollar: 1:0 – 83, avtogol Alba, 2:0 – 88, penalti Ramos.

Gol: 0:1 – 48 Pons.

Gollar: 0:1 – 11 Suares, 1:1 – 35 Poso, 2:1 – 57 Garsiya, 2:2 – 87 Dembele, 2:3 – 90 Suares.

4-noyabr, yakshanba

5-noyabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 134) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют