» » “Real” so‘nggi 25 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda

“Real” so‘nggi 25 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda


6-yanvar, yakshanba kuni La Liga 18-turidan o‘rin olgan bahsda Madridning “Real” klubi “Real Sosyedad”ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).

Hozirda ortda qolgan 18 ta turdan so‘ng “Real”da 30 ochko mavjud. Jurnalist Pedro Martinning ta’kidlashicha, bu XXI asrdagi eng yomon ko‘rsatkichning takrorlanishidir.

“Qirollik klubi” 2005/06-yilgi mavsumda ham 18 ta turda 30 ochko to‘plagandi. O‘shanda jamoada to‘plar nisbati +10 bo‘lgan, joriy mavsum esa bu ko‘rsatkich atigi +3 ni tashkil etmoqda.

Madridliklar joriy mavsumda 18 ta turda atigi 26 ta gol urdi. Bu jamoaning Primerodagi so‘nggi 25 yil ichidagi eng yomon natijasidir. Jamoa mazkur natijasni 1993/94-yilgi mavsumda ham qayd etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют