» » Samarqand The Guardian talqini bo‘yicha 40 ta eng qiziqarli sayyohlik yo‘nalishiga kirdi

Samarqand The Guardian talqini bo‘yicha 40 ta eng qiziqarli sayyohlik yo‘nalishiga kirdi


Britaniyaning The Guardian gazetasi tomonidan tuzib chiqilgan 2019-yilning 40 ta eng qiziqarli sayyohlik yo‘nalishi ro‘yxatiga O‘zbekistonning eng yirik sayyohlik shahri Samarqand ham kiritildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Gazeta ilova matnida respublikada Prezident Shavkat Mirziyoyev saylangandan keyingi o‘zgarishlarga urg‘u berib o‘tadi. Mamlakat mazkur o‘zgarishlar tufayli sayyohlar uchun yanada ochiq bo‘lib borayotganligi ta’kidlanadi. O‘zbekistonga tashrif buyurishni yanada qulay qiluvchi yangiliklar qatorida elektron vizalarning joriy etilishi va chegaradan o‘tishning soddalashtirilgan rejimi sanab o‘tiladi.

Nashr Istanbul—Samarqand reysini inglizlar uchun sayohat qilishning optimal yo‘li deb atagan.

Bundan tashqari, The Guardian Toshkentga tashrif buyurishni tavsiya qiladi va metropolitenni asosiy diqqatga sazovor joy deb ataydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют