» » Video: O‘lik mushuk atrofida aylanayotgan 18 kurka

Video: O‘lik mushuk atrofida aylanayotgan 18 kurka


AQShning Boston shahrida yashovchi @TheReal_JDavis taxallusli Twitter foydalanuvchisi 2-mart kuni g‘ayritabiiy hodisaga guvoh bo‘ldi: 18 ta kurka yo‘lda yotgan mushuk o‘ligining atrofida doira hosil qilib aylanayotgan edi.

The Verge nashri kurkalarning bunday g‘alati holatini tushuntirishni so‘rab olimlarga murojaat qildi.

Kaliforniya universiteti biologi Alan Krakuerning aytishicha, agar o‘lja yirtqich borligini sezib qolsa, yirtqich qochib ketishi mumkin. Kurkalar bu xatti-harakat orqali mushukni “tekshirgan” va qondoshlarini ogohlantirgan. Olimning ta’kidlashicha, u bir marta qushlar va koyot ishtirokidagi shunday holatga guvoh bo‘lgan.

Kaliforniya yovvoyi tabiatni muhofaza qilish departamenti mutaxassisi Skott Gardner bu holatni g‘ayritabiiy deb hisobladi. Uning fikricha, mushuk kurkalar uchun xavfli yirtqich hisoblanmaydi, kurkalar esa uning jasadi bilan oziqlanmaydi. Gardnerning taxminicha, parrandalar shunchaki bir-birining izidan yura boshlagan.

Biologlarning tushuntirishlariga qaramasdan, Twitter foydalanuvchilari kurkalar “iblisona marosim” o‘tkazib, mushukka o‘ninchi jon ato etishga urinmoqda, deb hazil qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют