Tunisdagi hayvonot bog‘ida tashrifchilar timsohga tosh otib, uni o‘ldirdi
Tunis poytaxti Tunis shahridagi hayvonot bog‘ida tashrifchilarning timsohga tosh uloqtirishi oqibatida yirtqich halok bo‘ldi. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.
Hodisa 28-fevral kuni sodir bo‘lgan. Ertasi kuni shahar rasmiylari o‘ldirilgan timsohning suratini Facebook’da e’lon qildi.
Tashrifchilar guruhi timsohning boshiga tosh uloqtirishi natijasida uning boshiga qon quyildi va u halok bo‘ldi.
Tunis shahri hokimiyati
Hayvonot bog‘i veterinari Arnor Ennayferning aytishicha, boshqa yirik hayvonlar, jumladan, sher va begemotlar ham muntazam ravishda shunday hujumlarga uchraydi.
Bizda 150 dan ortiq turdagi hayvonlar bor. Har birining qafasi oldiga soqchi qo‘ya olmaymiz. Odamlar jonzotlarni hurmat qilish kerakligini tushunishi kerak.
Arnor Ennayfer, veterinar
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
