WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Pokistonning Lahor shahrida bir kunda ikkinchi portlash yuz berdi
Pokistonning Lahor shahrida bir kunda ikkinchi portlash yuz berdi
Pokistonning Lahor shahri markazida 23-fevral kuni yana bir portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Geo TV telekanali saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Qayd etilishicha, portlash shahar markazida joylashgan restoran atrofida sodir bo‘lgan. Voqea qurbonlari va jabr ko‘rganlar, shuningdek, portlash bilan bog‘liq boshqa tafsilotlarga hozircha oydinlik kiritilmadi.
Avvalgi portlash ham 23-fevral kuni Lahor shahrining janubi-sharqida sodir bo‘lib, uning natijasida 17 kishi jabrlangan va yetti kishi halok bo‘lgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, mazkur hodisaga qurilishdagi elektr generatorining portlashi sabab bo‘lgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?