» » Yer yuzidagi eng qimmatbaho yo‘qolgan xazinalar

Yer yuzidagi eng qimmatbaho yo‘qolgan xazinalar


“Vesti Ekonomika” Yer yuzidagi eng qimmatbaho yo‘qolgan xazinalar ro‘yxatini taqdim etdi.

Hokimiyatni qo‘ldan boy berganidan keyin ham qayerga bormasin, xazinasini o‘zi bilan olib yuruvchi qirol 1216-yilda Linkolnshirdan Norfolkka ko‘chib o‘tayotib, qimmatbaho mol-mulkini botqoqlikda yo‘qotgan.

And tog‘larida, Peru janubi-sharqi, Boliviya shimoli yoki Braziliya janubi-g‘arbida joylashgan, inklarning yo‘qolgan yoki afsonaviy shahri. XIX asrgacha hujjatlarda Paytiti odam yashaydigan shahar sifatida tilga olinadi, ammo undan keyin biror marta ham u haqda ma’lumot berilmaydi.

Janubiy Afrikadagi Ikkinchi ingliz-bur urushi (1899—1902) davrida davlat zaxiralari, banklar va konlardan olingan barcha oltinlar mamlakat prezidenti Paul Kryuger bilan birga mamlakatdan chiqib ketgan. Uning o‘zi oxir-oqibat kemaga o‘tirib, Fransiyaga tushgan, yig‘ilgan oltin qayerda qolgani esa — jumboq.

Mis qog‘oz o‘rami 1946 va 1956-yillarda topilgan “O‘lik dengiz o‘ramlari” deb nom olgan 981 ta matndan biridir. Tarixchilar u xazinalar xaritasi bo‘lishi mumkinligini taxmin etmoqda. Ammo unda ko‘rsatilgan, oltin va kumush xazinalari bekitilgan 60 ta joy topilgani yo‘q.

60 tonnaga yaqin oltinni ortib ketayotgan Portugaliyaning “Flor de Mar” kemasi 1511-yilda Sumatra suv osti qoyalarida halokatga uchragan. Ammo kema qoldiqlari va xazina topilmagan.

Karl Faberje firmasining zargarlik buyumlari seriyasi 1885—1917-yillar oralig‘ida yaratilgan. 71 ta tuxumdan 62 tasi bugungi kungacha yetib kelgan, qolganlari yo‘qolgan deb hisoblanadi.

1715-yilda Ispaniyaning 2 milliard dollar qiymatdagi dur, oltin va kumushlar ortilgan kemalar floti Kubaga jo‘nash yo‘lida cho‘kib ketgan. 11 ta kemadan 7 tasi topilgan.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют