» » Maktabgacha ta’lim tizimida 2018-yil yakuni bo‘yicha 11 mlrd so‘m moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Maktabgacha ta’lim tizimida 2018-yil yakuni bo‘yicha 11 mlrd so‘m moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlandi


2017-yil 30-sentabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligida ichki audit xizmati tashkil etildi. Auditorlar olib borilgan ishlar haqida muntazam ravishda ma’lumotlar berib boradi. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan navbatdagi hisobot taqdim etildi.

2018-yil yakuni bo‘yicha 11 milliard so‘m moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan va 278 ta o‘rganish hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan. Jami aniqlangan moliyaviy qonunbuzilishlardan 47,6 foizini kamomad va noqonuniy xarajatlar, 27,6 foizini davlat xaridi qonunchiligining buzilishi, 17,2 foizini budjet mablag‘larini noto‘g‘ri rejalashtirish va 7,7 foizini moddiy boyliklar ortiqchaligi va boshqa holatlar tashkil etgan.

“Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, noqonuniy xarajatlarning 40 foizi — ‘o‘lik jonlar’, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasasiga (MTM) turli lavozimlarga rasmiylashtirilgan, lekin haqiqatda muassasada ishlamaydigan xodimlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda”, — deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi ichki audit xizmati boshlig‘i.

Masalan, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan MTMda 19 nafar ishlamagan xodim uchun 592 million so‘m, Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi 6-sonli MTMda — 100 million so‘mdan ortiq, Pastdarg‘om tumanidagi 38-sonli MTMda — 60 million so‘m, Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 4-sonli MTMda — 46 million so‘m, Toshkent shahridagi 596-sonli MTMda — 30,4 million so‘m, Uchtepa tumanidagi 244-sonli MTMda — 22,8 million so‘m va boshqalarda ish haqlari asossiz hisobdan chiqarilgan.

Noqonuniy xarajatlarning yana bir turi, xodimlarga soxta ish haqi va mukofot pullarini yozib, naqd pullarni hisobdan asossiz chiqarishdir. Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 14-sonli MTMda to‘lov qaydnomalari orqali 20,8 million so‘m naqd pullar xodimlarga berilmasdan g‘aznadan asossiz hisobdan chiqarilgan. Xuddi shunday holat, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan MTMda — 17,3 million so‘m, Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 14-sonli MTMda — 35 million so‘m va boshqalar.

Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida ota-onalarning bolalar ta’minotiga to‘lagan pullari va homiylik pullarini g‘aznaga kirim qilmaslik holatlari aniqlanmoqda. Shuningdek, MTMga yo‘llanmasiz bolalarni qabul qilish va o‘z navbatida yo‘llanmasiz qatnayotgan bolalar uchun to‘langan badal pullari g‘aznaga kirim qilinmasdan MTM rahbarining noqonuniy daromad manbaiga aylanmoqda. Masalan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 226-sonli MTMda — 120,6 million so‘m, Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 24-sonli MTMda — 64,3 million so‘m, Andijon viloyatidagi Xonobod shahridagi 1-sonli MTMda — 38 million so‘m, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 36-sonli MTMda — 17 million so‘m, Samarqand shahridagi 58-sonli MTMda — 20 million so‘m va boshqalarda ota-onalarning bolalar ta’minotiga to‘lagan pullari g‘aznaga kirim qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют