» » Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi arafasida Berlinda xalqaro ilmiy-madaniy forumi bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi arafasida Berlinda xalqaro ilmiy-madaniy forumi bo‘lib o‘tadi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi arafasida? 2019-yil 15-yanvarda Berlin shahrida “Buyuk Ipak yo‘li merosi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daryoga O‘zEOAVMA matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasiga oid kitob-albomlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Forumning yorqin namoyishi sifatida Prezidentning tabrik so‘zi bitilgan “O‘zbekistonning madaniy merosi Germaniya kolleksiyalarida” illyustratsiyali kitob-albomining taqdimoti o‘tkaziladi. Ushbu kitob-albom O‘zbekistonning kitob chop etish tarixiga zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda chop etilgan birinchi kitob sifatida kiradi: uni nafaqat o‘qish, balki o‘z smartfonida alohida betlarini, shu jumladan, 3D ta’siri bilan ko‘rish mumkin.

Berlinda Germaniyaning yetakchi san’atshunos olimlari Berlin, Drezden, Leypsig va Shtutgard muzeylaridagi mumtoz o‘zbek san’ati kolleksiyalari haqida so‘zlab beradi.

Media-forum doirasida “O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining yuragi” deb atalgan tantanali kecha bo‘lib o‘tadi, unga 150 ta qatnashchi va mehmonlar taklif etilgan. Media-ivent yakunida milliy taomlar tortiq etilib, “Palov — o‘zbek taomlari brendi” videoroligining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Kechani o‘zbek san’atkorlarining konsert dasturi bezatadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti 21—23-yanvar kunlari Germaniyaga rasmiy tashrif bilan boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют