» » O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar tashkil etiladi

O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar tashkil etiladi


Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari joylardagi ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va talablar asosida, shuningdek, o‘quvchilarning va ota-onalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.

Mazkur ta’lim muassasalarida o‘qish o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.

Sinflardagi o‘quvchilar soni 25—30 nafarni tashkil qilib, mutaxassislik fanlardan amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarga bo‘lingan holda hamda yakka (individual) tartibda tashkil etiladi.

Nizom bilan ushbu ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi.

Shunga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga kirish uchun hujjatlar har yili 1—30-iyun kunlari qabul qilinadi.

Ijodiy sinovlar esa har yili 15—30-iyul kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Nufuzli xalqaro (I, II, III o‘rinlar) va respublika (I o‘rin) miqyosidagi tanlovlar g‘oliblari belgilangan kvota doirasida imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinadi.

Mazkur o‘quv dargohlari bitiruvchilariga o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risida diplom beriladi va ushbu hujjat bitiruvchilarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi eng kam oylik ish haqining bir baravarini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют