» » Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘ini ochadi

Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘ini ochadi


Rossiyaning “Tatneft” neft kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari tarmog‘ini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

“Tatneft” birinchi bosqichda Toshkent viloyatida yoqilg‘i quyish shahobchalarini ochishni rejalashtirgan.

“Tatneft” yoqilg‘ini o‘zi olib kiradi, O‘zbekistondan esa tayyor mahsulotlarni saqlash uchun rezervuarlarni ijaraga oladi.

Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi matbuot xizmatidan xabar berilishicha, Rossiya kompaniyasi 26-dekabr kuni Nurafshon shahrida o‘zining “Tatneft—AYoQSh—Toshkent” MChJ sho‘ba korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Viloyat hokimligi loyihani amalga oshirish martda boshlanishini ma’lum qildi. Dastlabki bosqichda Toshkent viloyati hududlarida 22 ta AYoQSh ochiladi.

“Tatneft” — neft va gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati bilan shug‘ullanuvchi yirik neft xoldinglaridan biri sanaladi. Kompaniyaning Rossiya va boshqa mamlakatlarda 690 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalari mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют