» » Rossiya hukumati o‘qituvchi va shifokorlarga sovg‘a olishni taqiqlamaydigan bo‘ldi

Rossiya hukumati o‘qituvchi va shifokorlarga sovg‘a olishni taqiqlamaydigan bo‘ldi


Rossiya budjet tashkilotlari xodimlariga sovg‘a berish cheklanishi shifokorlar va o‘qituvchilarga taalluqli bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat hukumati apparati rahbari o‘rinbosari Andrey Loginovning so‘zlariga asoslanib, Meduza xabar berdi.

“Qonunchilikdagi cheklovlar biz—amaldorlar uchun kiritilmoqda. Biroq, ayrim hollarda mana shunday ikkilanishlar yuzaga kelayotgan bo‘lsa fuqarolik kodeksi emas, umumiy qonunchilikdagi matnni o‘zgartirish taklifini kiritamiz”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Dekabr oyida hukumat budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar olishi mumkin bo‘lgan sovg‘alar turlariga cheklov kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentga kiritgan edi.

Mamlakat mehnat vazirligi o‘shanda qonunchilikdagi o‘zgarishlar o‘qituvchi va shifokorlarga ham taalluqli bo‘lishini ma‘lum qilgandi.

Hozirgi kunda Rossiyada shifokorlar va madaniyat sohasi xodimlariga fuqarolik kodeksining 575-moddasiga ko‘ra qiymati uch ming rubldan oshadigan sovg‘a olish taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют