» » Samarqandda Abdulaziz Komilov Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Samarqandda Abdulaziz Komilov Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonni qutlar ekan, Abdulaziz Komilov Beybut Atamqulovni yuqori va mas’uliyatli Qozog‘iston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan qayd etilganidek,O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining Ostona, Samarqand va Sariagashda, xalqaro tashkilotlar tadbirlari chog‘ida o‘tkazilgan uchrashuvlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlariga yangi jo‘shqinlik berdi.

2018-yilda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislari, birinchi hududlararo hamkorlik forumi va boshqa muhim qo‘shma tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon berdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Xususan, o‘tgan yilning 11 oyi mobaynida o‘zaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etgani bundan dalolat beradi. Hududlararo munosabatlar, ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish sohasida foydalanilmagan salmoqli imkoniyatlar mavjud.

Muzokarada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish va unda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokiga doir masalalar muhim o‘rin egalladi.

Shuningdek, tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bilan bog‘liq ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

Vazirlar “Qozog‘istonda O‘zbekiston yili”ning muvaffaqiyatli yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdi va 2019-yili “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili”ni o‘tkazishga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdi.

Mavzuga doir: Samarqandda “Hindiston — Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi sessiyasi boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют