» » Qashqadaryoda AYoQSh elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda AYoQSh elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani ma’lum bo‘ldi


Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi xodimlari tumandagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligini o‘rganilganda “Jalol ota” MChJ elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligini aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, jamiyat elektr tarmog‘idan ajratib qo‘yildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra jamiyat davlat manfaatlariga 10.155.326 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

“Jalol ota” MChJ mutasaddilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 101-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda yetkazilgan moddiy zarar hamda jarima undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют