» » Samarqandda Tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi yakunlandi

Samarqandda Tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi yakunlandi


2019-yilning 12—13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston — Markaziy Osiyo” muloqoti — tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samarqand Forumlar saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj raislik qildi.

Yalpi sessiyada Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Chingiz Aydarbekov, Beybut Atamqulov, Sirojiddin Muhriddin, Rashid Meredov ikki va ko‘p tomonlama shakllarda Hindiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.

Tadbirda o‘zaro savdo o‘sishiga ko‘maklashish choralari, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga sarmoya, innovatsiya, texnologiyalarni jalb qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari, Markaziy Osiyo davlatlarining tranzit hamda transport-kommunikatsiya salohiyatini rivojlantirish, turistik safarlarni oshirish, shuningdek, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va sport sohalarida muayyan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotning alohida yalpi sessiyasida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

“Hindiston — Markaziy Osiyo” muloqotining tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonning nufuzli delegatsiyasi ishtirokini ma’qulladi hamda mamlakatni mintaqa va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga jalb etishga xizmat qiladigan qo‘shma infratuzilma, tranzit-transport, energetika hamda boshqa loyihalarni amalga oshirish orqali Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga yordam berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

Tomonlar 2019-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha sakkizinchi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida hamkorlik qilishga hozir ekanliklarini tasdiqladi.

Ta’sis sammiti yakunlariga ko‘ra, Qo‘shma bayonot qabul qilinib, unda tashqi ishlar vazirlari darajasida “Hindiston — Markaziy Osiyo” muloqoti joriy etilganligi to‘g‘risida ma’lum qilindi. Tashqi ishlar vazirlari darajasida muntazam ravishda muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan vazir Sushma Svarajning navbatdagi vazirlar uchrashuvini 2020-yili Hindistonda o‘tkazish taklifi ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют