» » Samarqandda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Samarqandda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi


12—13-yanvar kunlari Samarqandda Hindiston tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan muloqotining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “ASIA-Plus”.

Bunday shaklda birinchi marta o‘tkazilayotgan uchrashuvda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov va Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Afg‘oniston hamda Hindiston tashqi ishlar vazirligi rahbarlari ishtirok etadi.

Uchrashuvda davlatlarning siyosat, iqtisodiyot va investitsiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, rahbarlar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasiga ham alohida e’tibor qaratadi.

“Bunday uchrashuvlar har yili o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda” — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют