» » Durov Telegram Messenger LLP tugatilgan taqdirda mulk huquqi Buyuk Britaniyaga o‘tishi haqida ogohlantirildi

Durov Telegram Messenger LLP tugatilgan taqdirda mulk huquqi Buyuk Britaniyaga o‘tishi haqida ogohlantirildi


Buyuk Britaniyaning yuridik shaxslar davlat reyestri Pavel Durovni Telegram Messenger LLP tugatilgan taqdirda uning mulk huquqi Buyuk Britaniyaga o‘tishi haqida ogohlantirdi. Bu kompaniyani tugatish haqida ariza berilganidan keyin ikki oy davomida yuz beradi. Bu haqda reyestr saytida ma’lum qilindi, deb yozmoqda TJournal.

Tashkilot tomonidan ma’lum qilinishicha, agar mamlakatda kompaniyani tugatish sababi ko‘rsatilmasa, ikki oydan keyin Telegram Messenger LLP hisobdan chiqarib tashlanadi. Ma’suliyati cheklangan hamkorlik esa tugatilgan.

Tugatilishdan keyin ishonchli boshqaruvda bo‘lgan barcha mulklar va huquqlar egasiz mulk hisoblanadi va muvofiq ravishda qirollikka tegishli bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют