» » O‘zbekiston budjet tashkilotlarida uch oyda 29 mlrd so‘m qonunga xilof tarzda sarf qilingan

O‘zbekiston budjet tashkilotlarida uch oyda 29 mlrd so‘m qonunga xilof tarzda sarf qilingan


O‘zbekiston budjet tashkilotlarida 2018-yilning to‘rtinchi choragida 29 milliard so‘m miqdordagi pul o‘g‘irlangan va noqonuniy sarf qilib yuborilgan, bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi.

“2018-yilning so‘nggi choragida budjet tashkilotlarida 1969 marta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan 1717 holatda moliyaviy intizom buzilish holatlari aniqlangan, shundan 6 milliard so‘mi kamomad tarzida aniqlangan, 23 milliard so‘m esa noqonuniy sarf qilib yuborilgan”, — deyiladi Davlat moliya nazorati ma’lumotida.

Shu bilan birga nazorat organlari qonunbuzarlardan 18,5 milliard so‘mni undirishga erishgan, 871 nazorat tadbirlari materiallari qonunda belgilangan tarzda chora ko‘rish uchun huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Bundan tashqari, 91 nafar rahbar va tashkilot mansabdor shaxslari intizom buzilishi uchun 59,8 milliona so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют