» » David Silva“Manchester Siti” rekordchisiga aylandi

David Silva“Manchester Siti” rekordchisiga aylandi


14-yanvar, dushanba kuni APLning 22-tur bahslari doirasida “Manchester Siti” klubi “Vulverhempton”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu o‘yinda ispaniyalik yarim himoyachi David Silva “shaharliklar” asosiy tarkibida maydonga tushdi.

33 yoshli futbolchi APLda “Manchester Siti” safidagi o‘zining 267-uchrashuvini o‘tkazdi, bu klub tarixidagi eng yaxshi natijaga aylandi, deya xabar berildi klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Ma’lumot uchun, Silva 2010-yilda “Siti” safiga kelib qo‘shilgandi. David shundan beri “Manchester Siti” tarkibida 267 ta o‘yinda (180 ta g‘alaba) maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 77 ta golga assistentlik qildi.

Joriy mavsumda esa Angliya chempionatida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golga pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют